Bank kollejida seminar

20.08.2014 й.

Bank kollejida seminar!

      Davomat elektron nazorat tizimi yangi o'quv yilida ta'lim muassasalarida barqaror ishlashini ta'minlash va dasturiy ta'minotda amalga oshirilgan yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida Buxoro shahridagi Bank kollejida seminar o'tkazildi. 

      Seminarda IDCARD Generator amaliy dasturi prezentatsiya qilindi. Undan foydalanib serverdagi o'tgan yilgi ma'lumotlarni yuklab olish, tugatgan talabalarni o'chirish, yangi qabul qilingan talabalarni bazaga kiritish, maxsus beydjiklarni chop etish va ma'lumotlarni serverga yuborish usullari o'rgatildi.

      Har bir mas'ul xodimni yangi o'quv yiliga qadar bajarilishi lozim bo'lgan ishlari qadamma- qadam aytib o'tildi.

    

«back