Ota-onalarga SMS xabarlari yuborilishi yolga qoyildi

18.11.2014 й.

Ota-onalarga SMS xabarlari yuborilishi yo`lga qo`yildi!

 Ota-onalarga SMS xabarlari yuborilishi yo'lga qo'yildi.

Endi Davomat electron nazorat tizimi imkoniyatlaridan foydalanib talabalarning ota-onalariga ularning talim muassasasidan ro'yhatdan o'tgan vaqtlari, kunlik davomati, o'zlashtirish va ta'lim muassasidan chiqib ketgan vaqtlari to'grisidagi malumotlarni SMS tarzida shu zaxotiyo'q ota-onalarga etkazish imkoniyati mavjud.

SMS xabarlarni uzatishni “SODDA” usuli:

Bu usul orqali ro’yhatdan otib ta’lim muassasiga kirgan vaqgti, kechikkanliklri yoki belgilangan vaqtga qadar ta’lim muassasiga kirmaganliklari haqida SMS habarlarni ota-onalarga etkazish bolib u quyidagicha amalga oshiriladi.

Barcha talabalar ta’lim muassasiga kirib bolgandan so'ng  malumotlar avtomatik tarzda uzatiladi .Bunda:

a)      O'qish vaqti boshlanguncha kelgan talabalarga :

Hurmatli ota-ona! Farzandingiz Saidov Z. 21.11 sanada soat 8.15 da ro'yxatdan o'tib, o'z vaqtida kollejga kirdi. Raxmat.

b)      Dars boshlangan vaqtdan 15 daqiqagacha kech qolgan talabalarga:

Hurmatli ota-ona! Farzandingiz Saidov Z. 21.11 sanada soat 8.40 da ro'yxatdan o'tib, 10 daqiqa kechikib kollejga kirdi.

c)       Dars boshlangan vaqtdan 20 daqiqa o'tgandan so’ng kelgan talabalarga:

Hurmatli ota-ona! Farzandingiz Saidov Z. 21.11 sanada soat 8.50 ga qadar ro'yxatdan o'tmadi. Nazoratga oling.

Bunday xizmatni amalga oshirish uchun alohida xodim talab qilinmaydi. Ta’lim muassasasining serverga yuborgan ma’lumotlari asosida SMS xabar yuboriladi. Ma’lumotlarni uzatish uchun dasturiy taminot bilan bepul ta’minlanadi. Faqat uzatilayotgan SMS xabarlari uchun haq to'lanadi xolos.

                    2) SMS xabarlarini uzatishning mukammal usuli:

 Bu usulda kunlik ma’lumotlar oqituvchilar tomonidan dars jarayonida maxsus qaydnomalarda qayd etib boriladi va kun oxirida operator tomonidan bazaga kiritiladi. Bu malumotlar yordamida kerakli hisobotlar shakllantiriladi. Ota – oanalar quyidagi ko’rinishda SMS xabarlar oladilar:

A)     Talaba darslarga to’liq qatnashganligi va fandan “4” yoki “5” ball olganligi haqida ma’lumot yuboriladi. “Hurmatli ota-ona, Farzandingiz Saidov Z. 21.11 sanada Ona tilida – bor; fizikada- “5”, kimyoda-bor; rus tilida – “4”. Katta raxmat.”

B)      Talaba darslarga to’liq qatnashgan, lekin baholanmagan holati:

         “Hurmatli ota-ona, Farzandingiz Saidov Z. 21.11 sanada Ona tilida – bor; fizikada- bor, kimyoda-bor; rus tilida – bor. Raxmat.”

C)      Talaba darsda qoniqarsiz baho olgan yoki qochgan holati:

          “Hurmatli ota-ona, Farzandingiz Saidov Z. 21.11 sanada Ona tilida – bor; fizikada- “2”, kimyoda-yo’q; rus tilida – yo’q. Nazoratga oling”

Undan tashqari talaba kech qolganligi, formasiz kelganligi, daftari yo’qligi, javob olganligi, kino yoki teatrga borganligi kabi ma’lumotlar kiritlib, SMS xabar mazmuni o’zgarib yuboriladi.

Mukammal usulda to’ldirilgan qaydnomalar operatorga kiritilishi talab etiladi.

Kunlik kiritilgan ma’lumotlar asisda tegishli hisobotlar shakllantiriladi. Bular:

1)      Guruhning haftalik, oylik, yarim yillik, yillik o’rtacha davomati;

2)      Har bir o’qituvchining o’z fani bo’yicha guruhlardagi haftalik, oylik, yarim yillik, yillik o’rtacha davomati;

3)      Qayta topshirish uchun o’quvchi tomonidan qoldirilgan dars sanasi, fani, o’qituvchisining ism sharifi.

Barcha qo’shimcha talab etiladigan ma’lumotlarni Excel jadvali ko’rinishida chiqarib berish imkoni katta.

Barcha dasturiy ta’minotlar bepul ornatiladi, maxsus yo’riqnomalar bilan ta’minlanishi, EHM operatorlarini bepul o’qitish hamda dasturning to’liq ishlashi bepul amalga oshiriladi. Yuborilayotgan SMS xarajatlari to’lanadi , xolos.

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun: +998936233773 Jamshid Xodjayev. 

«back