Tizim to'grisida ma'lumot

 Usbu tizim viloyatdagi kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o’quvchilarini darslarga to’liq jalb etish, ular orasida nazoratsizlik, jinoyat va huquqbuzarliklar sodir qilinishi, shuningdek destruktiv tashkilot va oqimlar ta’siriga tushib qolishlarining oldini olish, jismonan sog’lom, ma’naviy etuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda ta’lim muassasalari, davlat idoralari, jamoat tashkilotlari hamda ota-onalarning o’zaro amaliy hamkorligi va tezkor axborot almashinuvi mexanizmini mustahkamlash maqsadida ishlab chiqilgan.

 Mazkur tizim viloyat prokuraturasi hamda viloyat hokimligi o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan bo’lib quyidagi ko’rinishda ma’lumot almashinish tuzilishiga ega.  
 
 

 

Talim muassasalarining kirish joylarida o'rnatilgan maxsus skaner yo'rdamida o'quvchining fotosurati tushirilgan, muassasa rahbarining imzosi bilan tasdiqlangan va muassasa muhri bosilgan elektron ruxsatnomasi yordamida qaysi o'quvchi kirganligi aniqlanib, vaqti bilan serverga uzatiladi. 

Server bazasidagi ma'lumotlarni ta'lim muassasi, shahar va tumanlar, viloyat miqiyoslarida maxsus berilgan parol va loginlar yordamida taxlil qilib tegishli xulosalarni chiqarishimiz mumkin.

Server bazasidagi ma'lumotlarni real vaqt holatida istalgan joydan internet tarmog'iga ulangan kompyuter yoki uyali aloqa vositasidan foydalanib ko'rishingiz mumkin.